
Sportchilarimizdan bir shingil (To‘qqizinchi qism)
“Sportchilarimizdan bir shingil” rukni davom etadi. Bu safar ham ajoyib latifalaran bahramand bo‘lasiz degan umdddamiz...
Muhamadsalim Sotvoldiev- professional bokschi O‘zbekiston chempionlik kamari sohibi
- Bir yigit sevgan qiziga:
-Jonim qo‘limda nechta mandarin borligini topsang. Ikkalasini ham senga beraman dermish... ???? ????
**** **** **** **** ****
- Oddiy askar bir kun avval rosa mast holatga tushibdi:
- Komandir: Kecha yana ichibsiz. Agar, shu ichishni tashlasangiz, Serjant unvonini beramiz desa,
- Askar: Ie serjant unvonini nima qilaman. Ichganimda o‘zimni generaldek his qilamanku dermish... ???? ????
G‘aybulla Qo‘chqarov -bokschi, o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnirlar g‘olibi
- Men yana katta sportga qaytdim!
- Endi dushmanlarimga ko‘rsatib qo‘yaman.
- Har kuni tinmay shug‘ullanaman, sport sog‘lik garovi deyishganku, xullas men ketdim ShAXMATga, ha nima shaxmat ham SPORTku????
**** **** **** ****
- Bir millioni bor odam MILLIONER hisoblanarkan:
- Demak, kamina MINGLIONER????
**** **** **** ****
Baqlajonni ko‘rib qolgan BANAN "sen negrmisan" deyarmush????
**** **** **** ****
- Bir kishi kasal yotgan do‘stini ko‘rgani keldi.
- Kasalning xotini unga eri og‘ir, joni uzilish arafasida ekanligini, iloji boricha ko‘ngil ko‘taradigan gaplardan gapirish kerakligini aytdi.
-Haligi kishi: Kasalning oldiga kirib quvnoq ovozda, qalay endi? O‘lyapsizmi debdi... ???? ????
Abdurasul Ismoilov – professional bokschi, O‘zbekiston chmepionlik kamari sohibi
- Er-xotin dalada er chopayotib,
- Xotin: - voy, dadasi oyog‘imni ilon chaqib oldi desa
- Eri: - ilonga hech narsa qilmadimi debdi. ???? ????
**** **** **** ****
- Jinni jinniga dedi: Men 12-qavatga chiqib turaman. Sen ham qarama qarshi tarafdagi 12 qavatli uyning 12-qavatiga chiqib turasan. So‘ngra men qo‘limdagi fonarni yoqaman. Sen fonarning nuriga chiqib, men turgan uyga yurib o‘tasan. Kelishdikmi?
-Iye, to‘satdan fonaring o‘chib qolsa, yiqilib tushaman-ku! ???? ????
**** **** **** ****
Kema kapitani matrosga debdi:
- Kapitan bo‘lishni istaysanmi?
- Ha, albatta!
- Shu daqiqadan boshlab shu kemani kapitanisan. Kema cho‘kyapti. Qoidaga ko‘ra sen kemani oxirgi bo‘lib tark etishing kerak. :) :)
**** **** **** ****
Farrux Madaminov – MMA murabbiyi
Boshi qotgan bir erkak do‘stiga:
- Bugun xotinimni tug‘ilgan kuni. Nima sovg‘a qilsam ekan? - debdi.
Do‘sti:
- Uyga mast holatda bormasang bo‘ldi. Sovg‘a - shu!
Erkak o‘ylanib turib:
- To‘g‘ri, xotinimni yubileyi har holda...! ???? ????
**** **** **** ****
Bog‘chadan qaytgan bolakay onasiga debdi:
- Oyijon, bugun bizni kasallikka qarshi emlashdi.
- Yig‘lamadingmi ishqilib?
- Yo‘q, meni quvlab eta olishmadi... ???? ????
**** **** **** ****
Bo‘linma shaxsiy tarkibi mashg‘ulot o‘tmoqda.
- Oddiy askar Aliev!
- Men!
- Faraz qiling, postda turibsiz. Kimdir post tomon emaklab kelmoqda. Qanday ish tutasiz?
- Ichib, oyog‘ida tura olmay qolgan batalon komandirini uyiga eltib qo‘yaman. ???? ????
**** **** **** ****
Farrux Shodiboev – sambochi, jangovar yo‘nalishida O‘zbekiston chempioni
Bankka bosqinchilar kirib hammaga baqira boshlashibdi:
- Teskari o‘giril, yot! Agar kim bizni yuzimizni ko‘rsa, otib tashlaymiz!
Bir odam:
- Men ko‘rdim, - deb yuboribdi. Shu zahoti to‘pponchani olib otib tashlashibdi. Yana so‘rashibdi:
- Yana kim ko‘rdi?! - desa, chetroqda yotgan odam:
Meni xotinim ko‘rdi, - dermish. ???? ????
**** **** **** ****
Yangi kelin-kuyov tushlik ovqatdan keyin ota-onasi bilan gaplashib o‘tirishsa, kuyov bola kelinga "Tur uyga kiramiz" degan parolni bermoqchi bo‘lib, stol tagidan xotinini oyog‘i bilan turtib imlabdi. Yana bir ozdan keyin sal kuchliroq turtsa, kelin yana indamabdi. Bundan kuyov bolani jahli chiqib bir tepgan ekan, kuyovni adasini jahli chiqib:
- Gaping bo‘lsa gapir! Boyadan beri nega oyog‘imga tepasan?! – dermish... ???? ????
**** **** **** ****
Ikkita jinni baland binoga qarab turib suhbatlashmoqda:
- Shu binodan pastga sakragan odam, nechi kunda erga tusharkin?
- 3 kunda tushsa kerak?!
- Tushgan odam o‘larmikin?
- Esing joyidami? 3 kun ovqat emaydi, suv ichmay-yu, o‘lmaydimi?! ???? ????
Fikrlar