"So‘g‘diyona"ning legioneri klubdan ketdi

  • 11 dekabr, 2020, 19:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superligada 6-o‘rinni egallagan “So‘g‘diyona” klubi O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida “Paxtakor”ga 8:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin jamoa a’zolari qishki ta’tilga chiqib ketdilar.

Tecno

“So‘g‘diyona”ning serbiyalik darvozaboni Milan Mitrovich uyga jo‘nab ketdi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, u klubni tark etgan. Bu xabarni Mitrovich ham tasdiqladi. “So‘g‘diyona” bilan tuzgan shartnomasi shu oy oxirida yakuniga etayotgani sababli jamoa bilan xayrlashganini aytdi.

Ta’kidlash kerakki, serbiyalik 29 yoshli posbon jizzaxliklar safida 2018 yilning yarmidan buyon faoliyat olib borayotgandi. Bu yilgi chempionatda esa “So‘g‘diyona” tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 bor sariq kartochka bilan “siylandi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!