“Siti”ning “ochko‘zligi” Kevin de Bryuynening transferini barbod qilib qo‘ydi

  • 3 avgust, 2024, 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne Saudiya Arabistoniga ketishn rejalashtirayotgan edi.

Tecno

Belgiyalik yarim himoyachining jamoa bilan bir yillik shartnomasi qolgan. “Shaharliklar” uni qo‘yib yuborishga rozilik bergan.

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi mashhur yulduz transferi bo‘yicha ish boshladi. Biroq bu harakatlar to‘xtatildi. Jurnalist Rudi Galettining aytishicha, bunga manchesterliklarning o‘yinchi uchun juda katta badal puli talab qilgani sabab bo‘lgan.

33 yoshli Kevin de Bryuynening shartnomasi yakunlanayotganini inobatga olib, shayxlar “shaharliklar”ning talabini ortiqcha oshirilgan, deb topdi. Ular Kevinning kelasi yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni ko‘zlayapti. Buning uchun saudiyaliklarda 2025 yilning yanvar oyidayoq o‘yinchi bilan rasmiy muzokara o‘tkazib, dastlabki shartnomani tuzib qo‘yish huquqi bo‘ladi.

Kevin de Bryuyne 2015 yildan beri manchesterliklar uchun to‘p tepib keladi. Bu muddat ichida 382 marotaba maydonga tushgan pleymeyker 102 ta gol urib, 170 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!