Simeone Felishni hech qaerga qo‘yib yubormaydi

  • 22 dekabr, 2022, 10:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Joau Felish yaqin orada "matraschilar" safini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. 

Tecno

Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik futbolchiga PSJ va "Real"dan takliflar tushgani aytilgan edi. Biroq "Atletiko" rahbariyati unga 140 million evro narx belgiladi.

"Felishning ketishi haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Tarkibimizda almashtirib bo‘lmaydigan futbolchi yo‘q. Joau jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatdi, samarali hujumlarda qatnashdi.

Umid qilamanki, chempionatning qayta startidan keyin Joauning yanada mukammal variantini barchamiz ko‘ramiz. U jahon chempionatida bo‘lgani kabi La Ligada ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatadi. Ayni dam u bizga kerak", - dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!