Shon Striklend- Drikus Dyu Plessi kim g‘alaba qozonadi? MMA olami vakillaridan o‘ziga xos fikrlar!

  • 20 yanvar, 2024, 15:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

Ertaga, 21 yanvar tongida "UFC 297" turniri start oladi. Markaziy jang o‘rta vazn toifasi chempionligi uchun Shon Striklend va Drikus Dyu Plessi o‘rtasida kechadi. Biz an’anaga muvofiq ushbu jang haqida MMA olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.

Tecno

Hilola Sobirova - MMA jangchisi

- Bilasizmi, bu jang man uchun juda ham qiziqarli va bu jangni intizorlik bilan kutyapman. Meni fikrimcha Striklend g‘olib bo‘lsa kerak. Ikki jangchini ham mashg‘ulot va janglarini kuzatdim. Striklend harakteri va aqlli jang olib borishi bilan Plessidan ancha ustun. Plessi ham yaxshi jangchi, u ham kamarga loyiq. Lekin bu bahsda kuchli va aqilli yutadi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Striklendning intervyusi tarqaldi. U juda ham qo‘pol tarzda gapirdi. Biroq uni gaplari xaqiqat edi. Men shu tamonlama ham uni juda hurmat qilaman. Men ham shunday UFC kamariga jang qilib O‘zbekistonimizga kamarni olib kelish nasib qilsin va man bu uchun harakatdan to‘xtamayman.

IMG_20240120_145150_590

Shuhratbek Abdumutalibov - murabbiy

- Ikki xil uslub jangchilarining to‘qnashuvi bo‘ladi. Striklend sof "stoyka"da jang olib borsa, Plessining kurashi yaxshi. Menimcha bu jangda Striklend uni tuta olsa kerak. Nazarimda Striklend nokaut bilan g‘alaba qozonadi.

IMG_20240120_145109_240

Bahromjon Ro‘ziev - MMA jangchisi

- Ikkisi ham yaxshi saviyadagi jangchilar hisoblanadi. Biroq imkoniyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Striklend ushbu jangda g‘alaba qozonsa kerak. Chunki, unda chidamlilik juda yuqori, deb o‘ylayman. Striklend g‘alabani ilib ketadi va kamarini himoya qiladi.

IMG_20240120_145207_789

Mavlonbek Mavlonov - murabbiy

- Bu jangda Striklend g‘alaba qozonadi. U chempionlikni xis qilgan va chempionlik jangini ham o‘tkazdi. Raqibiga nisbatan kuchli jangchilar bilan ko‘p to‘qnash kelgan. Unda chempionlik harakteri bor. Nazarimda bu jang Striklendni g‘alabasi bilan tugaydi.

IMG_20240120_145459_901

Marat Bekmuratov - menejer (Qirg‘iziston)

- Qiziqarli jang bo‘ladi. To‘g‘risi, bu bahsda Dyu Plessi g‘alaba qozonadi. Striklend shoumen va shunchaki kutilmaganda chempion bo‘lib qoldi. Dyu Plessi boshqa darajadagi jangchi. U g‘alaba qozonadi.

IMG_20240120_145247_371

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xilola Sobirova
20/01/2024 21:07
Moladest