
Serxio Ramos Messining jahlini chiqardi
PSJ hujumchisi Lionel Messi mashg‘ulotlar vaqtida Serxio Ramosga jahl qildi. Manbalarning ta’kidlashicha, ispan himoyachisi argentinalik yulduzga nisbatan qo‘pol o‘ynagani bunga sabab bo‘lgan.
Biroq, tajribali Ramos Messini tezda jahldan tushirish imkoni topgan va vaziyat bartaraf etilgan. Shundan so‘ng, jamoa mashg‘ulotlarni davom ettirgan.
Messi va Ramos bir biriga ashaddiy raqib – “Barselona” va “Real” sardorlari sifatida o‘zaro ko‘p to‘qnash kelgan. Biroq har ikki o‘yinchi o‘tgan yili yozda o‘z jamoalari bilan yangi shartnoma tuza olmagach, PSJga ko‘chib o‘tgandi.
Messi parijliklar safida jami 34 ta uchrashuvda 11 ta gol va 15 ta assist muallifi bo‘ldi. Serxio Ramos esa jarohati tufayli atigi 13 marotaba maydonga tushdi va bir juft to‘p kiritdi.
Fikrlar