
Serj Gnabri "Bavariya"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Germaniyalik yarim himoyachi Serj Gnabri muxlislar talqiniga ko‘ra yakunlangan 2018/19 mavsumda “Bavariya”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi 35 ming muxlis ishtirok etgan so‘rovnomada 27,9% ovoz bilan birinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikdan esa Yozua Kimmix (25,6%) va Robert Levandovskilar (11,6%) joy olishdi.
Ma’lumot uchun, Gnabri o‘tgan mavsum Bundesligada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar