
Sardor Rashidovning "Qatar SK" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi
Qatar yulduzlar ligasida mavsum nihoyasiga etdi va hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Qatar SK” 8-o‘rinni egalladi.
Biz uchun ahamiyatlisi shundaki, o‘tgan yildan beri Qatarda to‘p surib kelayotgan Rashidovning klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib borilmoqda va bundan tashqari, Sardorga yangi takliflar ham bor. Futbolchimizning aytishicha, barcha masala tez kunlarda hal bo‘ladi.
Fikrlar