Sardor Rashidov: Uyda qoling, koronavirusni birgalikda engib o‘tamiz

  • 4 aprel, 2020, 18:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz  bor, butun jahonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonga ham koronavirus kirib bordi. Buning oqibati esa salbiy ko‘rinish olishi mumkinligini hamma yaxshi bilib turibdi. Shu sababli fuqarolarning bunday vaziyatda koronavirus yuqtirib o‘zini, yaqinlarini va boshqalarni xavf ostiga qo‘ymasligi uchun zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasliklari yuzasidan qat’iy ravishda ogohlantirib kelinmoqda. Bu borada Qatarning “Qatar SK” jamoasi sharafini himoya qilayotgan tajribali futbolchimiz Sardor Rashidov ham O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, shunday dedi:

Tecno

- Hozirgi kunda butun jahonni tahlikaga solib turgan koronavirus chindan ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaziyatda xalqimizga shuni iltimos qilmoqchimanki, uyda qoling! Ota-onangizni, farzandlaringiz, yaqinlaringizni xavf ostiga solib qo‘ymanglar. Bunday sinovli kunlarni va koronavirusni birgalikda engib o‘tamiz, Xudo xohlasa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!