
Samvel Babayan: "Shogirdlarim bugun professional ekanliklarini isbotladi"
O‘zbekiston Superligasi 4-turi doirasida o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilib yirik hisobda mag‘lub etgan “Navbahor” klubi ustozi Samvel Babayan jamoasi bugungi o‘yinda katta zaxira bilan g‘alaba qozongani, muxlislardan minnatdor ekani, raqibning bugungi darajasi hamda Iskanderovning bugungi o‘yindagi pozitsiyasi haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Bugun katta zaxira bilan g‘alaba qozondik. Muxlislarimiz uchun g‘alaba qozonishni istagan edik hamda bunga erishdik. Shogirdlarim bugun o‘zlarini professional ekanliklarini isbotlashdi. Oxirgi o‘yindan keyin ishga bo‘lgan yondashuvlari xursand qilmoqda”, - dedi Babayan.
“So‘g‘diyona”ning so‘nggi barcha o‘yinlarini ko‘rdim va aytishim kerakki ularga omad etishmayapti. Jamoaning jadvaldagi hozirgi o‘rni ularning ayni vaqtdagi darajasiga mos emas. Ular shunchaki omad kelmayotgani tufayligina bugun biroz pastroqda yurishibdi. Yorqin Nazarov jamoada katta ishlarni amalga oshirmoqda va bu albatta o‘z mevasini beradi”.
“Bugun Iskanderov biroz pastroqda o‘ynashi va himoya bilan hujumni bog‘lab turishini reja qilgan edik. Iskanderov taktikadan kelib chiqib ayrim vaziyatlarda pastroqqa tushdi. Aytishim mumkinki, u buni uddaladi”.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar
Qarading utgan yili tishing utmadi sug'diyonaga keyin shu taktikani tanlading churban,hokimni ishga solib nimalar qilganingni butun uzbekiston biladiku..