
Royer va Tekeu bosh sovrin sohibiga aylandi
Ispaniyaning Madrid shahrida erkaklar o‘rtasidai o‘tkazilgan "Mutua Madrid Open" musobaqasining juftlik bahslarida g‘olib nomi aniq bo‘ldi.
Unda gollandiyalik Jan-Jyulen Royer va ruminiyalik Xoriya Tekeu final uchrashuvida argentinalik Diego Shvartsman va avstriyalik Dominik Tim tandemini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa bosh sovringa ega chiqqan Royer va Tekeu tashkilotchilar tomonidan 357,540 evro pul mukofoati va 1000 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.
Fikrlar