
Ronalduning kelajagi borasida muhim xabar tarqaldi
Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi. Foot Mercato jurnalisti Santi Aunaning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Ronaldu "An-Nasr"da qoladi — bu borada hech qanday shubha yo‘q. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, Ronaldu Saudiya Arabistonining Suveren jamg‘armasidan barcha zarur kafolatlarni olgan.
Gap raqobatbardosh jamoa qurilishiga oid kafolatlar haqida bormoqda. Bundan tashqari, Krishtianu "An-Nasr"ning transfer siyosatida ishtirok etadi va ayrim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi.
"An-Nasr"ga yangi sport direktori kelishi kutilmoqda. Klub kamida yangi markaziy himoyachi, yangi tayanch yarim himoyachi va yangi chap qanot hujumchisini transfer qiladi.
40 yoshli Krishtianu Ronalduning amaldagi shartnomasi bu yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar