Ronalduga kutilmagan xaridor chiqdi

  • 25 mart, 2022, 09:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga o‘z yurtidan “Portu” qiziqmoqda, deb xabar tarqatdi  Football Insider  nashri.

Tecno

Portugaliya jamoasi jahon futbolida eng ko‘p gol urgan hujumchiga ko‘z tikkan grand klublar kabi shartnoma taqdim eta olmasa-da, ular Ronalduning yurtiga qaytishiga juda qattiq ishonmoqda.

Masalaning yana bir jihati shundaki, “Portu” Krishtianu Ronalduni tarbiyalagan va professional futbolga yo‘llagan “Sporting” jamoasini ashaddiy raqibi hisoblanadi.

Agar Ronaldu “Portu” taklifini qabul qilsa, “Sportig” muxlislari hujumchini umuman kechirmaydi.

Ronalduning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi. Agar Ralf Rangnik jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqolmasa, portugaliyalik yulduz yozda boshqa klubga o‘tishini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!