Ronaldu yaqinda futbol taxtini egallaydi

  • 22 iyul, 2020, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Latsio” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, faoliyatida kiritgan gollari sonini 734 taga etkazib oldi.

Tecno

Shu tariqa, portugaliyalik hujumchi rasmiy uchrashuvlarda urgan gollari soni bo‘yicha Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Romarioga tenglashib oldi. Ayni paytda futbol tarixida rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi Pele hisoblanadi. Futbol qiroli 767 marta raqib posbonlarini ojiz qoldirgan.

Krishtianu Ronalduda kelasi mavsumda Pele rekordini yangilash uchun qulay imkoniyat bor. Buning uchun “Yuventus” forvardi yana kamida 33 ta gol urishi kerak. Joriy mavsumda Ronaldu 51 ta gol urganini inobatga olsak, kelasi yili u dunyoning eng yaxshi to‘purariga aylanishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!