
Ronaldu va agenti Jorje Mendesh orasida kelishmovchilik yuz berdi
"AS" nashrining xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh o‘rtasida keskinlik yuzaga kelgan. Buning sababi 37 yoshli futbolchining haligacha erkin agent bo‘lib turgani va kelajagi noaniqligicha qolayotgani bo‘lmoqda.
Portugaliyalik futbolchi noyabr oyi so‘nggida MYudan ketgandi. U yanvardan boshqa klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Biroq hanuzgacha hech bir jamoa bilan kelishuvga erishmadi. Krishtianuning maoshi yuqoriligi va Chempionlar ligasida qatnashuvchi jamoada faoliyat yuritmoqchi ekani bunga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ronalduga faqat Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi xaridor bo‘lib turibdi. Riyodliklar futbolchiga yiliga 200 million berishga tayyor.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" tarkibidagi hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov mashg‘ulotlarda 77-raqamda harakat qilmoqda. U oldin 7-raqamda o‘ynagan.
Fikrlar