
Messining Ronaldudan ustunligi nimada?
“Liverpul” himoyachisi Deyan Lovren ikki buyuk futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni solishtirdi.
- Eng zo‘ri baribir Messi bo‘lishi kerak. Ronaldu ham fantastik o‘yinchi. Lekin Messining maydon qilayotgan ishlarini individual jihatdan boshqa hech kim uddalay olmaydi. Buning imkoni yo‘q, - dedi Deyan Lovren.
Lionel Messi faoliyati davomida 6 marotaba “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan. Futbolchilarning eng nufuzli bu sovrinini Ronaldu besh marta qo‘lga kiritgan.
Fikrlar