
Ronaldu eng yaxshi chap qanot hujumchisi deb topilgach, bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
"Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu France Football nashri tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi chap qanot hujumchisi, degan e’tirofga sazovor bo‘ldi va bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Dunyoning eng yaxshi 11 futbolchisi qatoriga kirish men uchun katta sharaf. Shunchaki aqlbovar qilmaydigan orzular jamoasi ...
Ushbu o‘yinchilarning har biri mening hurmat va ehtiromimga loyiqdir va men, albatta, bunday jamoada bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Rahmat!”, - deb yozdi 35 yoshli Ronaldu instagramdagi sahifasida.
France Football nashri 140 ta jurnalist o‘rtasida ovoz berish yo‘li orqali barcha davrlarning eng yaxshi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi: Lev Yashin — Paolo Maldini, Frants Bekkenbauer, Kafu — Xavi, Lotar Matteus, Pele, Diego Maradona — Krishtianu Ronaldu, Ronaldo, Lionel Messi.
Fikrlar