“Roma” va “Feyenoord” to‘qnashuvi katta janjal bilan boshlandi (Foto)

  • 25 may, 2022, 10:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” va “Feyenoord” ilk marotaba o‘tkazilayotgan Konferentsiyalar ligasi turnirining bosh sovrini uchun o‘zaro to‘qnash keladi. Final Albaniyaning Tirana shahrida  bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Tecno

Futbolchilar muhim o‘yinga tayyorlanayotgan bir paytda ularni qo‘llabyu-quvvatlash uchun Italiya va Niderlandiyadan kelgan ashaddiy fanatlar Tirana shahrida to‘polon ko‘tardi.

Ma’lumotlarga qaraganda, janjalli vaziyatlar shaharning uchta hududida kuzatilgan.

Ulardan birida “Feyenoord” tarafdorlari “Roma”ga yon bosgan alban muxlisini kaltaklab, unga tan jarohati yotkazgan.

Rotterdam klubining 200 nafarga yaqin ashaddiy fanati shaharning “Roma” muxlislari joylashgan qismiga o‘tish uchun politsiya bilan to‘qnashgan.

Rimlik ishqibozlar ham raqib tomon fanatlaridan qolish yo‘q. Ular politsiyachilarga kaltak va toshlar bilan hujum qilgan. Oqibatda politsiya avtobusiga jiddiy ziyon etgan.

1000x563_300028

1424384032_b_fanaty-fejeno

Shaharning turli hududlarida yuz bergan to‘qnashuvlarda o‘n nafar politsiyachi yaralandi, har ikki jamoaning oltmishdan ziyod fanatlari hibsga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!