
Robertsonga raqobatchi kelyapti!
"Bornmut" jamoasi himoyachisi Milosh Kerkez faoliyatini Angilyaning grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Football insayder" nashri xabar bermoqda.
"Liverpul" 21 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mersasayidliklar murabbiyi Arne Slot Kerkezni Endryu Robertsonga raqobatchi sifatida ko‘rmoqda. Miloshning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Kerkez joriy mavsumda "Bornmut" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol ba 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Miloshning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.
Ataev Abdukarim
Fikrlar