
“Real” yulduzi kuchli beshlik chempionatlaridan chiqib ketadi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rejasiga kiritilmagan Isko tez orada Madridni tark etishi kerak.
Tajribali futbolchiga Turkiya chempionatidan “Fenerbahche” xaridor bo‘lmoqda. Turklar jamoa pleymeykeri Mesut O‘zilning harakatlaridan norozi va uning o‘rniga Iskoni olib kelishni rejalashtirmoqda.
O‘z vaqtida Madrid klubida o‘ynagan Mesut O‘zil esa “Real”ning ashaddiy raqibi “Barselona”ga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqala boshladi.
“Fenerbahche” mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan Isko bilan yanvardayoq rasmiy muzokaralarni boshlaydi. Turklar ispan yarim himoyachisini yozda erkin agentga aylanganidan keyin o‘z safiga qo‘shib oladi.
Fikrlar