
“Real” superfutbolchini chorladi
“Real” rahbariyati “Bavariya” hujumkor futbolchisi Serj Gnabriga xaridor bo‘lmoqda. Bu transfer madridliklarga 50-60 million evroga tushadi.
Gnabri myunxenliklarning asosiy tarkibida eng muhim o‘yinchilardan hisoblansada, uning klubdagi kelajagi katta so‘roq ostida turibdi.
26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi. Hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralar hech qanday samara bermayapti.
Madrid superklubi bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Ular Gnabrini jamoadan ketishi kutilayotgan Mako Asensio o‘rniga olib kelmoqchi.
Bir necha pozitsiyada samarali o‘ynay oladigan Gnabri faoliyati davomida jami 302 ta o‘yin o‘tkazib, 105 ta gol va 62 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar