
"Real" kutilmaganda Jerrardning jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Real” Stiven Jerrard boshchiligidagi “Reynjers”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari kutilmaganda shotland klubiga 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shu kuni “Reynjers” safida gollarni Feshn Sakala (55') hamda Sedrik Itten (77') kiritdi. “Real”ning yagona javob goliga esa Rodrigo (8') mualliflik qildi.
Fikrlar