
“Real” himoyaga mashhur o‘yinchini olib keladi
Ispaniya Superkubogida “Barselona”dan yirik hisobda (2:5) mag‘lubiyatga uchragan “Real” darhol himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi.
“Qirollik klubi” kataloniyaliklarga qarshi o‘yinda pand bergan o‘ng qanot himoyasiga tajribali futbolchi Kayl Uokerni olib kelmoqchi. 34 yoshli angliyalik futbolchi “Manchester Siti”dan ketish payida yurgani madridliklarga qo‘l kelishi mumkin.
Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, aslida madridliklar bu pozitsiyaga “Liverpul” etakchisi Trent Aleksander-Arnoldni mo‘ljallab yurgandi. Biroq bu o‘yinchini yanvarda transfer qilishning imkoni bo‘lmagani uchun “Real” Kayl Uokerni mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni ma’qul ko‘rmoqda.
Kayl Uokerning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Tajribali himoyachi klub rahbariyatidan o‘ziga boshqa jamoa topish uchun ruxsat olgani aytilgan edi.
Fikrlar