Rasman! "US Open" g‘olibi "Roland Garros"da qatnashmaydi

  • 18 sentabr, 2020, 14:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

AQSh ochiq chempionati g‘olibasi Naomi Osaka navbatdagi "Katta dubulg‘a" turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqida uning o‘zi "Instagram" sahifasi orqali ma’lum qildi.

Tecno

"Salom, yigitlar. So‘nggi 3 hafta mobaynida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman. Sizning yordamingizsiz buni uddalay olmas edim.

"Afsuski, bu yil Frantsiya ochiq chempionatida ishtirok eta olmayman. Chunki hamon tizzamdagi jarohatdan qutula olmadim. Shuning uchun, katta musobaqa oldidan tayyorgarligim etarli emas. O‘ylaymanki, mensiz ham barchasi ajoyib bo‘ladi. Sizlarni sog‘inib qolaman!", - deb yozadi eng badavlat tennischi qiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!