Rasman! "Liverpul" Matip bilan shartnomani uzaytirdi

  • 10 sentabr, 2019, 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi o‘zining asosiy himoyachilaridan biri Joel Matip bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar 28 yoshli futbolchi bilan kelishuvni avtomatik uzaytirish huquqidan foydalanishgan. Shu tariqa Matip “Enfild”da kamida 2021 yilning yoziga qadar qoladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Matip  “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 103ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!