
Rangnik: “Evropada Gvardiola va Kloppdan zo‘ri yo‘q“
“Manchester Yunayted“ bosh murabbiyi Ralf Rangnik “Manchester Siti“ga qarshi derbi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u Evropaning ikki eng zo‘r murabbiylari kim ekanini ham aytib o‘tdi.
“Siti“ Pep kelganidan so‘ng ancha o‘sishga erisha oldi. Bu kabi holat “Bavariya“ va “Barselona“da ham kuzatilgandi. Bizni jahondagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi bahs kutib turibdi.
Klopp va Gvardiola - Evropaning eng kuchli murabbiylari. Sababi, ularda aniq futbol g‘oyalari bor.
“Yunayted“ga kelasi mavsum yangi murabbiy kelishi aniq. Biroq men bu mavsumni yuqori saviyada yakunlashni istayman“, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar