Ramos g‘aroyib rekord sohibi bo‘ldi

  • 31 oktabr, 2022, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ markaziy himoyachisi Serxio Ramos Parij klubida dastlabki rekordini o‘rnatdi. Ispan himoyachisi poytaxt klubida barcha turnirlarda dastlabki 30 ta uchrashuvida biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan yagona futbolchiga aylandi.

Tecno

Bu borada avvalgi rekord PSJning braziliyalik yarim himoyachisi Rai Souzaga tegishli bo‘lib, bu futbolchi parijliklar safidagi dastlabki 29 ta uchrashuvida mag‘lubiyat ko‘rmagan edi.

Serxio Ramos uzoq yillar davomida “Real” sardori bo‘lganini yaxshi bilamiz. Tajribali futbolchi 2021 yilning yozida erkin agent sifatida PSJga ko‘chib o‘tgandi.

Joriy mavsumda Ramos PSJ uchun barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!