
Qatar. Sardor Rashidov jamoasi g‘alaba qozondi
Qatar chempionati 3-turida Sardor Rashidov jamoasi "Qatar SK" o‘z maydonida "Al Rayan" bilan kuch sinashdi.
Murosasiz kechgan bahsda uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. 70-daqiqada mezbonlar vakili Kayke Rodriges jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bellashuvni hamyurtimiz asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.
Fikrlar