
Pulishichga Italiyadan taklif bor
"Chelsi" futbolchisi Kristian Pulishich klubni tark etishi mumkin. Vingerni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar ko‘payib bormoqda. Ular orasida endilikda "Milan" ham bor. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
24 yoshli futbolchi Grem Potterning ishonchiga qira olmadi. Uning ko‘p safdan chiqishi "Aristokratlar"ga yoqmayapti. Bundan tashqari, klubga Mudrik va Felishlarning kelishi Pulishichni ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kristianga "Lids Yunayted" ham qiziqmoqda. Jamoa bosh murabbiyi AQShlik ekanligi ularga transferni amalga oshirishda ustunlik berishi mumkin.
Fikrlar