
PSJning yana bir argentinalik futbolchisi "Yuventus"ga o‘tishi mumkin
“Yuventus” klubi rahbariyati e’tiborini PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredesga qaratdi.
Le10Sport nashri xabariga ko‘ra, parijliklar futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, faqatgina bu borada Turin klubi bilan transfer narxi kelishib olinsa bas. Frantsiya chempioni argentinalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra esa uning narxi 17 mln evroni tashkil qilmoqda.
Leandro PSJga 2019 yil “Zenit”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Parades o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar