
PSJ: Bizga bunaqa yulduz kerakmas!
PSJ klubi rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan Serxio Ramosni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
36 yoshli futbolchi o‘tgan yozda “Real” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin Parij klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi.
Bu transfer PSJga hech qanday foyda keltirmadi. Ramos jismoniy holati qoniqarsiz ekani va ko‘p jarohat olayotgani bois butun mavsum davomida barcha turnirlarda sakkiz marta maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta to‘p yozdirib qo‘ydi.
Ramos ko‘p vaqtini maydondan tashqarida o‘tkazayotganiga qaramay, parijliklardan katta maosh olayotgani klub mutasaddilariga yoqmayapti.
Serxioning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Manbalarning ta’kidlashicha, tomonlar tez orada uchrashib, o‘yinchining kelajagi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
Fikrlar