
Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"
Bugun Superliganing 15-tur markaziy o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni qabul qiladi.
Ushbu klublar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.
Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 68 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 41 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 13 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 14 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 111 gol urilib, 56 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 9 bahsda "Sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan.
Toshkentdagi uchrashuvlarning 27 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozonib, 6 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 28 o‘yinda 24 g‘alaba va 4 durangga erishib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.
Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.
“Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 iyul, bugun, yakshanba kuni 20:00 da "Jar" stadionida boshlanadi.
Fikrlar