
"Paxtakor" o‘rtoqlik o‘yinida Tojikiston klubiga mag‘lub bo‘ldi
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" klubi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Maksim Shatskix shogirdlari Toshkentda Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan bellashdi. O‘yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, Kartashyan hisobni ochgan bo‘lsa, bir necha daqiqadan so‘ng Dragan Cheran muvozanatni tikladi. 78-daqiqada gol urgan Sebay mehmonlarga g‘alabani taqdim etdi.
Avvalroq, "sherlar" Qozog‘istonda "Qayrat"ni mag‘lub qilgandi.
Fikrlar