
"Paxtakor" bugun Oston O‘runov jamoasi bilan o‘ynaydi
"Paxtakor" 10 fevral kuni Rossiyaning "Ufa" jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
Ushbu klub 2010 yil oxirida Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida tashkil etilgan va Rossiya premer-ligasida ishtirok etadi. "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan Oston O‘runov ayni paytda jamoa safida o‘ynab kelmoqda. Hozirgacha rasmiy yoki nazorat uchrashuvlarida jamoalar to‘qnash kelmagan.
"Paxtakor" - "Ufa" o‘yini 10 fevral, payshanba kuni Belekdagi "Susesi" stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar