
O‘zbekistonda tug‘ilgan himoyachi "Vilyarreal"ga o‘tishi mumkin
"Shtutgart" himoyachisi Valdemar Anton "Vilyarreal"ga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Unga "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" klublaridan ham takliflar bor.
Anton asli O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lib, "Muxlenberger" akademiyasida tahsil olgan va Germaniya fuqaroligi ega. Keyinchalik faoliyatini "Gannover 96"da davom ettirgan himoyachi 2020 yilda "Shtutgart"ga o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, yakuniga etgan mavsumda Valdemar jamoasi safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etgan.
Fikrlar