O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham yig‘inni boshladi

  • 29 avgust, 2021, 08:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, U-23 Osiyo Kubogi final bosqich bellashuvlari 2022 yili O‘zbekiston maydonlarida tashkil etiladi.

Tecno

2024 yilgi Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston U-21 terma jamoasi U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi.

yoshlar

Yurtimizda o‘tadigan chempionat yo‘llanmasiga ega hisoblangan yoshlar terma jamoamizda saralash bosqich uchrashuvlarida qatnashish imkoniyati ham bor. Quvaytda o‘tadigan “D” guruhi saralash o‘yinlarida vakillarimizga Quvayt, Saudiya Arabistoni va Bangladesh yoshlari raqiblik qiladi.

Ushbu saralash bahslariga hozirlik ko‘rish uchun Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz kecha Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Mashg‘ulotlar 4 sentyabrga qadar davom etadi.

timur-kapadze

Yig‘in davomida yoshlar terma jamoamiz bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Murabbiylar shtabi mazkur yig‘inga 25 nafar futbolchini jalb etgan.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
29/08/2021 10:17
Almisoqdan qolgan formani zamonaviysiga qachon almashtirarkan bu muttahamlar. Forma ham davlatni yuziku, qolaversa chiroyli va zamonaviy dizayndagi, adidas yoki nike brendida o'yinga tushish futbolchilarimizga va albatta biz muxlislarga ko'tarinki kayfiyat beradi. 30 yildan beri shashvar kiyib maydonga tushadi bular