
O‘xshashlikni qarang! “Barselona” ayollar jamoasi La Liga chempioni, kuchli to‘rtlik ham xuddi erkaklarniki kabi
Ispaniya La Ligasi 2024-2025 yilgi mavsumida ayollar o‘rtasida "Barselona" klubi yana bir bor o‘z ustunligini namoyon etdi.
Kataloniyaliklar 81 ochko to‘plab, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni 74 ball bilan "Real Madrid" egallagan bo‘lsa, Madridning boshqa bir klubi "Atletiko" 55 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi. 4-o‘ringa esa 51 ochko bilan "Atletik Bilbao" joylashdi.
Ayni paytda, erkaklar o‘rtasida ham so‘nggi 3 ta tur qolganda xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Xans-Diter Flikning "Barselona"si 82 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" 75 ochko bilan uni ta’qib qilmoqda. "Atletiko Madrid" esa 70 ball bilan 3-pog‘onani band qilib turibdi. Evropa ligasining yarim finalchisi hisoblangan "Atletik" esa 64 ochko bilan kuchli to‘rtlikni yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi so‘nggi tur bellashuvlari 25 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar