OChL. "Paxtakor" va AGMK ishtirokidagi o‘yiini qaysi telekanal orqali tomosha qilish mumkin?

  • 13 aprel, 2021, 15:22
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

"UzReport" telekanali JCh-2022 Osiyo qit’asi saralashi, Osiyo Kubogi, OChL va OFKning boshqa musobaqalari translyatsiya huquqini xarid qilganidan xabardorsiz. Ertadan boshlab Osiyo Chempionlar ligasida "Paxtakor" va AGMK klublarining guruh bosqich uchrashuvlariga start beriladi.

Tecno

Telekanal xalqaro maydonda to‘p suradigan jamoalarimizning barcha o‘yinlarini jonli efirda olib berishni maqsad qilgan. Jumladan, "B" guruhi 1-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi ertaga "Traktorsozi" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahsni soat 20:00 da "Futbol TV" telekanali jonli efirda namoyish etadi.

15 aprel kuni esa "A" guruhidan joy olgan AGMK "Al Hilol" bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi. Muxlislar bu bahsni "UzReport" telekanali orqali tomosha qilish imkoniyatiga egadir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Maxmudov
13/04/2021 21:00
аклжони курамиз
Abbos Maxmudov
13/04/2021 20:59
кандай курамиз
Abbos Maxmudov
13/04/2021 20:58
фудбол тв курсатмаяптики
&
lochinlar navbahor
13/04/2021 17:31
Sport tv nima boladi endi
&
998915993686
13/04/2021 20:36
Nima farqi bor eng asosiysi HD formatda tomosha qilasiz Sport tvni kameralari 15 asrniki.