Navro‘z Alimov 0:16 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng: "Mirjalol aka echinish xonasiga kirib bolalarga motivatsiya berdi"

  • 22 aprel, 2024, 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining 2-turida Nukusning “Aral akademiya” jamoasi Olmaliqda OKMKga o‘ta yirik - 16:0 hisobida yutqazdi. Ushbu uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Aral akademiya” bosh murabbiyi Navro‘z Alimov qatnashdi.

Tecno

- OKMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Keyingi o‘yinda omad tilaymiz. Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, ko‘rdinglar hamma narsani tajriba hal qildi. Futbolchilarimiz yosh, ular birinchi ligada birinchi bor o‘ynashyapti. OKMK, “Buxoro” va “Mash’al” bilan o‘ynaganimizni o‘zi biz uchun katta yutuq. Bu yosh o‘yinchilarimizga qo‘shimcha motivatsiya. Mana shunday uchrashuvlar orqali chempionatga tayyorgarlik ko‘rib boramiz.

- Ba’zi manbalarda Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasi deb ko‘rsatilyapti, yana ba’zida “Aral akademiyasi”. Qaysi biri to‘g‘ri?

- Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasi nomiga ochilgan. Jamoaning nomi “Aral akademiya”.  O‘sha kuni PFLga ham aytganmiz. Bizni internetda Qoraqalpoq FA deb yozmanglar, “Aral akademiya” deb yozinglar deb tushuntirganmiz. Lekin nimagadir hozir ham Qoraqalpoq FA deb yozishyapti.

- Qaysi “Aral”? Xususiy “Aral”mi yoki “Aral Samali”dagi “Aral”mi?

- “Aral Samali” degan jamoa yo‘qolib ketgan. Pro ligadagi “Aral” alohida, bizni jamoa esa akademiyani o‘ziniki. Futbol akademiyaniki, nomi “Aral akademiya”. MChJ sifatida ochilgan, bu alohida klub.

- Qaydnomada faqat siz bilan shifokor ko‘rsatilgan. Bu mablag‘ni iqtisod qilishmi yoki siz yordamchilarsiz ishlaysizmi?

- Shtatsiz yordamchimiz bor (kuladi). Bizda ajratilgan summa bor. Lekin yordamchi murabbiy va administratorga pul ajratilmagan. Shuning uchun faqat bosh murabbiy, shifokor, klub direktori va buxgalterga ajratilgan. Yordamchi murabbiy va administratorga smetada pul ajratilmagan. Shu bois akademiyadan murabbiy oldik, yordam berishi uchun. Ammo oylik maosh va mukofot puli olmaydi.

- “Aral akademiya”si yoshlardan tashkil topgan. Masofa jihatidan kamchiliklar yuzaga kelmadimi?

- Biz Toshkentga 15 aprelda keldik. 16-sanada “Buxoro” bilan o‘ynadik. Keyin 17 aprelda bu erga keldik. Yo‘l, charchoq holatlari sezilmadi. Biz deyarli bir haftadan beri shu erdamiz, mashg‘ulotlar olib bordik.

- Tajriba deyapsiz, ammo bunday o‘yinlardan keyin o‘yinchilarni ruhan sinib qolishidan qo‘rqmaysizmi? Baribir bu erda natija juda katta. Chunki bu tarixda qoldi.

- Aytyapmanku, jamoamizni bu erga chiqqanini o‘zi bitta tarix. Bizda akademiyamizda bunday Kubok musobaqasida o‘ynamagan. Birinchi bor shu yigitlarimizga nasib qildi. Shuni o‘zi bitta tarix. Toshkentda “Qumqo‘rg‘on”ni yutib saralashdan o‘tdik. Hozir “Bunyodkor” stadionini, Superliga jamoalarini ko‘ryapti. Bu qaytanga qo‘shimcha motivatsiya bo‘ladi. 26-sanada chempionat o‘yini bor. Qumqo‘rg‘onga ketamiz. Echinish xonasiga Mirjalol aka kirdi, bolalar boshinglarni ko‘taringlar, bu tarix deb o‘yinchilarimizga motivatsiya berdi. Ularni “duxi” sinib qoladi, deb o‘ylamayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olimov imomali
22/04/2024 23:06
Shunchalik zur ekansan yosh bolalarga etdimi kuching OGMKA. SHARMANDALIKKU BI