"Nant"ga qarshi o‘yinda supergol urgan Ramos jismoniy holati va yangi murabbiyning taktik sxemasi haqida gapirdi

  • 1 avgust, 2022, 15:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha PSJ Frantsiya Superkubogi doirasida "Nant" jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etib, yangi mavsumni sovrin bilan boshladi. 

Mazkur bellashuvda Neymar dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Ramos hamda Messi bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos urashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

G‘alaba haqida: "Biz hammamiz xursandmiz va men bu erda ekanligimdan baxtiyorman. Biz g‘alaba qozondik va bir jamoa ekanligimizni ko‘rsatib qo‘ydik. Nazoratni o‘z qo‘limizda saqlagan holda, o‘yinda gol o‘tkazib yubormadik. 4:0 hisobidagi g‘alaba mukammal futbol namoyish etganimizdan dalolat. Bu mening birinchi titulim i birinchi golim. Mazkur oqshomdan juda mamnunman. Birlashishda va tizimli futbol namoyish etishda davom etishimiz lozim. Biz jamoaviy futbol namoyish etdik. Ulardan bir bosh ustun harakat qildik va to‘pni yaxshi ushlab tura oldik. Ilk unvonimni qo‘lga kiritganimdan xursandman va biz shu tempda davom etamiz". 

photo_2022-08-01_15-07-51

Taktik sxema va himoya haqida: "Yangi sxema ajoyib. Biz Kimpenbe va Markinos bilan birgalikda harakat qilishimiz lozim. Uchalamiz o‘tgan mavsumda birgalikda harakat qilgan paytlarimiz bo‘ldi, ammo juda ko‘p emas. Biz harakatlanish, bir-birimizni tushunish va avtomatizm ustida ishlaymiz. Himoya barqarorligi borasida qiladigan ishlarimiz hali etarlicha. Biroq mazkur tizim bizning darajamizga mos. Ushbu taktik sxema hujumkorlikni oshiradi va uchta himoyachi bilan harakatlanish chinday ham yaxshi samara beradi". 

Jismoniy holat haqida: "Juda xursandman. O‘tgan mavsum men uchun qiyin kechdi, ammo uni yaxshi yakunladim. Men jismonan sog‘lomman. Shu tufayli, menda futbol o‘ynash istagi va zavqi har doim bor. Sekin-astalik bilan o‘zimning eng yaxshi sport formamga qaytyapman. Mavsumoldi tayyorgarlik ajoyib o‘tdi va men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Bunday paytlarda ko‘proq g‘alaba qozonishni istaysan". 

photo_2022-08-01_14-53-31

Qayd etish lozim, kechagi uchrashuvda parijliklar yangi bosh murabbiy Kristof Galte qo‘l ostida 3-4-3 sxemasida harakat qildi. Himoya markazida harakat qilgan Serxio to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilganini ham ta’kidlab o‘tish lozim. Ispaniyalik himoyachi Parij klubining Yaponiyadagi turnesida ham faol ishtirok etdi va barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi. 

Ma’lumot o‘rnida, PSJ uchun yangi mavsum 7 avgust kuni start oladi. Shu kuni ular Frantsiya chempionati 1-turi doirasida "Klermon"ga qarshi bahs olib boradi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!