
MYu rahbariyati afsus chekmoqda...
"Manchester Yunayted" rahbariyatidagi ba’zi odamlar o‘tgan yoz 22 yoshli vinger Meyson Grinvudning "Marsel"ga sotilganidan afsusda. Bu haqda Give me Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyatidagi "asosiy shaxslar" angliyalik futbolchining transfer qiymati kelajakda 100 million funt sterlingga teng bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. "Marsel" esa Grinvudni 27 million funt sterling evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi, shuning uchun ham mankunianliklar rahbarlari klub potentsial daromaddan mahrum bo‘ldi deb hisoblamoqda.
Grinvud joriy mavsum Frantsiya chempionatida oltita o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Meyson Grinvud terma jamoasini ham o‘zgartirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar