Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi yana chempionlik uchun jang o‘tkazadi yohud super to‘qnashuvlar e’lon qilindi (foto)

  • 16 mart, 2022, 15:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks bo‘yicha shoular tashkil etuvchi "Premier Boxing Champions" "Show Time" kanalida translyatsiya qilinuvchi 9 ta jang kechasini e’lon qildi. Shulardan 7 tasi chempionlik janglaridir. Ushbu to‘qnashuvlar orasida biz uchun muhim bo‘lganlari ham bor. Hususan, Isroil Madrimovning vaznida Jermell Charlo va Brayan Karlos Kastano mutlaq jahon chempionlik jangida ishtirok etsa, Murodjon Ahmadalievga kamarlarini boy bergan sobiq jahon chempioni Daniel Roman yana o‘z maqomini qaytarib olishga urinadi. Bu safar unga WBC va WBO chempioni Stefen Fulton raqiblik qiladi. Shu va boshqa janglar bilan tanishing:

Tecno

26 mart
Tim Tszyu - Terrel Gausha
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg) toifasi reyting jangi,

9 aprel
Erikson Lubin - Sebastian Fundora
Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun,

16 aprel
Errol Spens - Yordenis Ugas
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) WBC, IBF va WBA kamarlari birlashtiruvchi jang,

14 may
Jermell Charlo - Brayan Karlos Kastano II
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA, WBC, IBF va WBO mutlaq chempionlik jangi,

21 may
Devid Benavides - David Leme
Super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun,

28 may
Jervonte Devis - Rolando Romero
Engil vazn toifasida (61,2 kg) WBA Regular jahon chempionlik kamari uchun,

4 iyun
Stefen Fulton - Daniel Roman
Birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBO va WBC kamarlari uchun,

19 iyun
Jermall Charlo - Matsey Suletskiy
O‘rta vazn toifasida (72,5 kg) WBC jahon chempionlik kamari uchun,

9 iyul
Mark Magsayo - Rey Vargas
Yarim engil vazn toifasida (57,1 kg) WBC jahon chempionlik kamari uchun.

photo_2022-03-16_15-35-03

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!