"Milan" ko‘zlagan futbolchisini sotib ololmayapti

  • 19 yanvar, 2022, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yafet Tanganga faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqib qolgan. "Rossonerilar" Yafetni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi, ammo "shporlar" uni davralar oralig‘ida qo‘yib yuborishni xohlamayapti.

Shu sababli "Milan" bu borada “Manchester Yunayted” himoyachisi Erik Bayi va PSJ himoyachisi Abdu Dialloni zaxira nomzod sifatida ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Tanganga joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 17 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!