
Messi “realchilar”ni dog‘da qoldirdi
Ranker portali o‘z obunachilari o‘rtasida XXI asrning eng zo‘r futbolchisini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma tashkil qildi.
Ayni paytga qadar berilgan ovozlar Lionel Messini birinchi o‘ringa olib chiqdi. “Barselona” etakchisidan keyingi o‘rinlarni kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi – “Real”da porlagan Krishtianu Ronaldu va Zinedin Zidan egallab turibdi.
Shuningdek, so‘rovnomadagi ovozlar soniga ko‘ra, kuchli o‘nlikdan Ronaldo, Ronaldino, Andres Inesta, Paulo Maldini, Xavi, Terri Anri va Kaka ham joy olgan.
Hozir faoliyatini davom ettirayotgan yulduzlardan Neymar 89-o‘rinda, Kilian Mbappe esa braziliyalik hujumchidan ikki pog‘ona pastda joylashgan.
Fikrlar