
Meddison, Barns va Ixeanachoning gollari "Lester"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)
UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining 1-turida “Lester” o‘z maydonida Ukrainaning “Zarya” klubini qabul qildi.
“King Pauer” stadionida kechgan o‘yin kutilganidek mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini tobdi – 3:0. Shu kuni “tulkilar”ning gollariga Jeyms Meddison (29'), Xarvi Barns (45') va Kelechi Ixeanacho (67') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar