
“Manchester Yunayted”da katta tozalash. 10 dan ziyod futbolchi ketadi!
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa tarkibini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. Hozirgi tarkib vakillarining o‘yini muxlislarga ham, mutasaddilarga ham yoqmayapti.
Manchester Evening News nashrining yozishicha, klub 2024 yilning ikki transfer bozori davrida katta yangiliklarga qo‘l uradi.
Manbaga ko‘ra, jamoani o‘ndan ziyod futbolchi tark etishi kutilmoqda. O‘ziga boshqa ish topishi kerak bo‘lganlar qatoriga Jeydon Sancho, Donni van de Bek, Antoni Marsyal, Rafael Varan kabi taniqli o‘yinchilar bor.
Erik ten Xag yangi transferlar yordamida yuqori maqsadlar uchun barqaror kurash olib boradigan jamoa shakllantirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar