“Manchester Yunayted”da 300 kishi ishdan bo‘shaydi

  • 28 dekabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” aktsiyalarining bir qismini sotib olish orqali klub xo‘jayinlaridan biriga aylangan ser Jim Retkliff katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi.

Tecno

Yangi rahbar klubning 300 nafar xodimini ishdan bo‘shatishi kutilmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Retkliff tashqi auditorlar yordamida klub strukturasi va xarajatlarini o‘rganib chiqadi. U 1000 nafar xodimga mo‘ljallangan shtat birligi 30 foizgacha qisqartilishi kerak, deb hisoblamoqda.

Ser Jim Retklif klub strukturasi bilan birga jamoa tarkibida ham islohotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda klubni tark etadigan va taklif etiladigan o‘yinchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!