
“Manchester Yunayted” zo‘ravon futbolchini uzoqqa haydamoqchi
“Manchester Yunayted” jamoa hujumchisi Meyson Grinvuddan qutilmoqchi. Daily Mail nashrining yozishicha, manchesterliklar uni yozda boshqa liga vakillariga ijaraga berib yubrishni rejalashtirgan.
21 yoshli futbolchida faoliyatini Italiya va Ispaniyada davom ettirish imkoni bor. Grinvudga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Meyson Grinvud “Manchester Yunayted” safida 2022 yilning yanvaridan beri o‘ynamayapti. U zo‘ravonlik bo‘yicha ayblov e’lon qilinganidan keyin jamoadan chetlatilgan edi.
Garchi Grinvud sud tomonidan oqlangan bo‘lsa-da, manchesterliklar uni jamoaga qo‘shmoqchi emas. Meysonning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha imzolangan.
Fikrlar