
“Manchester Yunayted” Ronaldu o‘rniga argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
Turinning “Yuventus” klubini tark etib, erkin agent maqomida bo‘lib turgan argentinalik hujumchi Paolo Dibalaga yana ikkita davogar paydo bo‘ldi. “Goal.com” nashri xabariga ko‘ra, hujumchining transferiga "Napoli" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub futbolchining vakillari bilan uchrashib, dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
Avvalroq matbuotda Dibalaga Italiyaning ikki klubi - "Roma" va "Inter" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Neradzurrilar” argentinalik futbolchi bilan muzokara olib bordi, biroq u bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olishmagan.
Dibala so‘nggi 7 yil davomida "Yuventus" sharafini himoya qildi. Hujumchi o‘tgan mavsum "byankonerilar" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar