
"Manchester Siti" o‘z darvozasi daxlsizligini 608 daqiqa saqlab tura oldi
“Manchester Siti” kecha Angliya premer-ligasining 13-turida o‘z maydonida “Vest Bromvich”ga (1:1) qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
“Shaharliklar”ning ochko yo‘qotishiga Ruben Diashning avtogoli sabab bo‘ldi. Shu tariqa, “Siti”ning APLdagi barcha musobaqalardagi quruq seriyasi 608 daqiqa davom etdi. So‘nggi bor, Gvardiola jamoasi 21 noyabr kuni “Tottenxem”ga (0:2) qarshi o‘yinda gol o‘tkazib yuborgan edi.
“Manchester Siti” 13 turdan so‘ng, premer-liga musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar